0

Текст песни Сардор Мамадалиев - Muborak

Seni hech kim sevolmaydi meningdek,
Vaslingga zor bu oshiqlar, ehtimol,
Poyingga tiz cho‘kib, yig‘lar, ehtimol,
Lekin sodiq bo‘lolmaydi meningdek.

Aldanma, yor, aldamchilar makriga,
Malak bo‘lma bevafo ishq shahriga,
Ular seni bir bossa bas bag‘riga,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Joningga jon bo‘lmaymanu sevaman,
Yoningga bir kelmaymanu sevaman,
Ismingni ham bilmaymanu sevaman.
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Sen ko‘kdagi harir ko‘ylak hur pari,
Ko‘kko‘ldagi tinib qolgan suvpari,
Muhammadning ko‘nglidagi dilbari,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Meningdek! Meningdek!
Seni hech kim sevolmaydi meningdek!..
Поделиться текстом:
Слова песни Muborak от исполнителя Сардор Мамадалиев, на нашем сайте вы также можете скачать или прослушать сам трек.
Слушать
Скачать