0

Текст песни Sherzodbek Jonibekov - Yor eshiging ochilmadi men uchun

Yor eshiging ochilmadi men uchun,
Ketar bo’ldim, yuzingni bir ko’rolmay.
Uyingdan joy topilmadi men uchun –
Ketar bo’ldim, o’zingni bir ko’rolmay.

Sevdim, desam, tenging bo’lak, dedilar,
Keldim, desam, joying yo’lak, dedilar,
Sening sevging kimga kerak, dedilar,
Ketar bo’ldim, yuzingni bir ko’rolmay.

Sening sevging kimga kerak, dedilar,
Ketar bo’ldim, o’zingni bir ko’rolmay.

Derlar: jon sog’ bo’lsa, jahon topilg’ay,
Parcha tuproq, parcha osmon topilg’ay,
Ammo qayda sendek janon topilg’ay,
Ketar bo’ldim, o’zingni bir so’rolmay.
Поделиться текстом:
Слова песни Yor eshiging ochilmadi men uchun от исполнителя Sherzodbek Jonibekov, на нашем сайте вы также можете скачать или прослушать сам трек.
Слушать
Скачать