0

Текст песни Dildora Niyozova - Jigarlarim

Sog’inch faqat bolalikka atalganmi?
Diydor esa suratlarga qadalganmi?
Inson faqat ishlash uchun yaralganmi?
Keling, bugun ko’rishaylik, jigarlarim. (x2)

Taskin topib bo’larmikan telefonda?
Bir diydorga nima yetsin bu zamonda?
Har kun bo’lmasada, mayli onda-sonda
Keling, bugun ko’rishaylik, jigarlarim.

Har kun bo’lmasada, onda-sonda,
Bir yig’ilib, ko’rishaylik, jigarlarim.

Jigarlarim, oh mening jigarlarim,
Sog’intirganlarim-ey, sog’inganlarim.
Jigarlarim, oh mening jigarlarim,
Keling, bugun ko’rishaylik, jigarlarim.

Ota bo’lib, ota qadrin bilayabmiz,
Ona bo’lib – Ona dardin bilayabmiz.
Ular kabi biz ham bugun g’animatmiz,
Keling, tez-tez ko’rishaylik, jigarlarim. (x2)
Поделиться текстом:
Слова песни Jigarlarim от исполнителя Dildora Niyozova, на нашем сайте вы также можете скачать или прослушать сам трек.
Слушать
Скачать