0

Текст песни Nuriddin Hamroqulov - Ajab sirlar

Ajab sirlar, ajab sirlar…
Ajab sirlar bormish subhi saboda,
Umr avj etarmish oqar daryoda,
Umid yulduzlari porlar samoda,
Men baxtim topgayman qay dilraboda?
Bizni ham sevguvchi bordur dunyoda…

Oshiqlar orzusi oʻxshash boʻlarmish,
Taqdir bir biriga tutash boʻlarmish,
Koʻngillarda oʻchmas otash boʻlarmish,
A`lo boʻlar emish ahdu vafoda.
Bizni ham sevguvchi bordur dunyoda…

Inson iqbol uchun, baxt uchun yashar,
Mehrga intilsa, sevsa yarashar,
Bir kun oʻtli, shaydo koʻzlar qarashar,
Murodin koʻrarmish oʻshal barnoda.
Bizni ham sevguvchi bordur dunyoda…
Поделиться текстом:
Слова песни Ajab sirlar от исполнителя Nuriddin Hamroqulov, на нашем сайте вы также можете скачать или прослушать сам трек.
Слушать
Скачать